суббота, 21 марта 2015 г.

Kompyuter terminlarining tarjimasi



Rivojlanish hech qachon bir joyda turmaydi. Bugungi kunda kompyuter texnologiyasi inson hayotining ajralmas bo’lagiga aylandi. Qayerga bormang albatta kompyuterga yoki kompyuter texnologiyasiga ko’zingiz tushadi. O’n yil oldin katta magazinlarda kassa apparati turardi. Hozir esa nafaqat katta, balki uncha yirik bo’lmagan magazinlarda ham kassa apparati o’rniga kompyuter o’rnatilgan. Bugungi kunga kelib kompyuter texnikasi butun bir insoniyat hayotini har bir javhada qamrab oldi.

Kompyuter va kompyuter texnologiyasida qilinayotgan yangiliklar tilga juda ham ko’p yangi so’zlarni olib kirmoqda. Masalan: mikroprotsessor, operativ tizim, piksel, obekt va boshqalar. Bu so’zlarning aksariyati ingliz tili negizida paydo bo’lmoqda. Kompyuter sohasida ishlovchi har qanday shaxs bu so’zlarni o’z tiliga borligicha (hech qanday tarjimasiz) qabul qilmoqda, ya’ni tillarga bu so’zlar “jargon” sifatida kirib kelmoqda. Keyinchalik esa bu so’zlar o’z-o’zidan yangi terminlarga aylanib qolmoqda.
Tarjima insoniyat hayotida muhim rol o’ynaydi. Bugungi kunda texnika olami rivolanishi bilan kirib kelayotgan so’zlarni tarjima qilish bir muncha muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Kompyuter olami va uning ishlash jarayonini bilan shug’ullanuvchi fan informatika tilning boyligi va imkoniyatini hisobga olmagan holda butun dunyoda paydo bo’layotgan so’zlarni o’zbek tiliga shunchaki qanday bo’lsa shundayligicha olib kirmoqda.  Masalan: diskretlilik1so’zini misol qiladigan bo’lsak. Bu so’z inglizcha discreteness so’zining “o’zbekchalashuvi”, lekin tarjimasi emas. Bu so’z o’zbek tiliga usluksizlik deb tarjima qilinadi. Albatta kitob mualliflari so’zning ma’nosini qavs ichida berib o’tishgan. Lekin nega bu so’zni lug’atimizga olib kirishmoqchi bo’lishgani tushunarsiz. Shu kitobning1 30-sahifasida “… dasturlarni komyuterlar bajara olishi uchun translyatorlar deb nomlanuvchi maxsus dasturlar raqamli ko’rinishga o’tkazib beradi” deb yozilgan. Bu jumladagi  translyatorlar so’zi e’tiborga molik. Aynan bu so’z o’zbek tiliga tarjimon deb tarjima qilinadi3. Agar biz texnik jihatdan nazar solib bu so’zni muqobil deb olmay qoldirishimiz zarur deb hisobga olganimizda ham xatolikni ko’rishimiz mumkin. Chunki bu so’zga o’zbek tili ko’plik qo’shimchasi bo’lmish –lar qo’shilgan. Bundan tashqari so’z [trænz'leɪtə] ya’ni transleytor tarzida olib kirilishi kerak edi. Bu so’zni o’zbek tiliga kirib kelishida rus tilining o’rni bo’lganligiga shubha yo’q. Rusiyzabon xalq ingliz tilidagi bu so’zni “транслятор”2 tarzida o’zlashtirgan. Protsedura so’zi ham aynan muammoli jarayonlardan biri. Bu so’z procedure ingliz tilidan tarjima qilinganda jarayon tarzida tarjima qilinadi. Agar bu so’zni tilimizga qabul qiladigan bo’lsak transliteratsiyadan foydalanib prosedure yoki [prə'siːʤə] prosije tarzida qabul  qilishimiz lozim bo’ladi. Grapf so’zining ma’nosini berishda transliteratsiyadan to’g’ri foydalanilgan hamda o’zbek tiliga “graf” tarzida o’zlashtirilgan. Lekin bu so’zni o’zlashtirishda tarjima qilish mumkinligi haqida o’ylab ko’rilmagani e’tiborga molik. Bugungi kunda adabiyotlarda web-sahifa, web-brauzer atamalarini ko’p uchratishimiz mumkin. Ularning ko’pchiligida bu so’zlar qo’shtirnoqqa olinmagan yoki ajratib ko’rsatilmagan.
Buning oqibatida so’zdagi ingliz tiliga xos bo’lgan “w” harfi o’zbek alifbosiga kirib qolmoqda.
Hozir ifoda etilgan so’zlarga o’xshash “yangi” so’zlar juda ham kop. Masalan: gipermurojaat, gipermatn, server, teg, animatsiya, mikroprotsessor, matritsa, piksel, protocol, yacheyka va boshqalar. Baholanki ifoda etilgan so’zlarni o’zbek tiliga tarjima qilish mumkin. Masalan bugungi kunda adabiyotlarda ifoda etilayotgan “web-sahifasi” so’zini Internet sahifasi yohud veb-sahifa tarzida,  keyingi ifoda etilgan “web-brauzer” so’zini  veb-brauzer yoki veb ko’rsatgich, yoki internet ko’rsatuvchi deb, yoki animatsiya so’zini “jonli rasm” tarzida tarjima qilish mumkin.
Bunday so’zlarni shunchaki tilimizga qabul qilishda davom etadigan bo’lsak tilimizning leksik qatlamiga yetarli darajada ta’sir qiladi. Kompyutet texnikasi rivojlanishda davom etar ekan u yangiz so’zlarni kashf qilishda davom etadi. Shunday ekan bugungi kunda tilshunoslar hamda tarjimashunoslar oldida kompyuter texnikasining til leksikasiga ta’sirini kamaytirish yoki barataraf etish masalasi turibdi.
Bu masalani hal qilish uchun biz tilshunoslar, tarjimonlar hama tarjimashunoslar quyidagi vazifalarni bajarishimiz zarur:
·        Kompyuter neologizmlari haqidagi barcha ma’lumotlarni yig’ish
·        Kompyuter neologizmlarini o’zbek tiliga tarjima qilish
·         Kompyuter neologizmlarini tarjima qilishdagi jarayonlarni tahlil qilish
·        Kompyuter neologizmlarini tarjima qilishda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf qilish choralarini ishlab chiqish.
Kompyuter terminlarining tarjimasining murakkabligi, albatta, u so’zning aynan muqobili yo’qligidir, lekin bu kompyuter orqali kirib kelayotgan so’zlarni tarjima qilishning iloji yo’q degani emas. Biz, tarjimonlar, kompyuter neologizmlarini tarjima qilishda tarjimaning har qanday yo’lidan (kalkalash, umumlashtirish, ma’noni berish, antonim tarjima, transliteratsiya) foydalanishimiz zarur. Zero globallashuv hamda kompyuter texnikasi rivojlanayotgan jarayonda tilimizni tashqi “xavf” dan asrash har bir tilshunos hamda tarjimonning sharafli burchi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.   “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” B.Boltayev va boshq.,2011
2.   Англо-русский толковый словарь терминов и сокращений по ВТ, Интернету и программированию. 1998-2007 гг., Э.М. Пройдаков, Л.А. Теплицкий

3.   O’zbekcha inglizcha lug’at. 2005. 

суббота, 25 октября 2014 г.

Pike "Chelsi" ga o'tishi mumkin

l



"Barselona" himoyachisi Jerar Pike o'z faoliyatini "Chelsi" jamoasida davom ettirishi mumkin.

London klubi futbolchi uchun 20 million funt sterling taklif qilmoqchi. Bu mavsumda Pike mavsumda unchalik ko'zga tashlanmayotgani , uning jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar paydo bo'lishiga sabab bo'lmoqda.

Bundan tashqari "ko'k anor ranglilar" futbolchisiga "Manchester Yunayted" klubi ham o'z qiziqishini bildirgan.




Xabarlardan foydalanishda manbani ko'rsatishni unutmang.

YOLG'IZLIK... Do'stim Kamola Rasulovadan

Ko'zlarimni Yumdim Seni Ko'rmoqlik Uchun...
Shu blokni yozishdan avval bir , ikki kun o'yladim yozaymikin yoki yo'q deb, bo'madi shu bugun ertalabdan yozaman deb qaror qildim va sekin yozishga kirishdim.
Inson umrini 4 faslga bo'lish mumkin ekan, bolalikni yozga, oltin davrni bahorga, o'rta yoshlikni kuzga, keksalikni esa qishga. Inson shu hayoti davomida ko'p sinovlarni boshidan kechiradi shu qatori "yolg'izlikni" ham.
Yolg'izlik o'zi nima? U qanday tushuncha? U qanday hissiyotki insonlarga doim azob beradi? Yolg'izlik ham huddi fasllardek insonlarga har xil ta'sir qiladi , yolg'izlikni har kim har xil tushunadi. Kimdir yolg'iz bir o'zi yashashidan yolg'izman desa, yana kimdir yaqin insonidan ayrilib yolg'iz qoldim deydi, yana kimdir esa hali turmush qurmadim yonimda yaqin yostiqdoshim yo'q bir o'zim yolg'izman deydi. Manimcha eng yomon yolg'izlik Qalb yolg'izligi bo'lsa kerak. Yoningda yaqin insoning bo'la turib o'zingni yolg'iz his qilishdan azobi yo'q... Bu holatni faqatgina boshidan o'tqaza olganlargina tushuna oladi.


Insonlardagi ba'zi bir yolg'izlik holati o'tkinchi , tabiy holatdek bo'ladi ya'ni misol u-n yoshlardegi yolg'izlik ular vaqt o'tib o'z iziga tushib ketadi oila qurishgandan keyin ya'ni qizlar o'z shaxzodalarini topib, yigitlar o'z malikalariga yetishgandan so'ng. Bolalikda esa hech qanday yolg'izlikni his qilmaslik mumkin qachonki bolalar bevaqt ota-onalaridan, yaqinlaridan ayrilib qolmasalar. O'rta yoshdegilarda ham yolg'izlik mavjud bo'lib u ko'proq oilaga borib taqaladi ya'ni yo eri yoki xotini o'zgani sevib qolsa. Keksalikdagi yolg'izlik esa eng og'ir yolg'izliklardan biridir, negaki inson keksayib kuchdan qolgan paytda yonida yaqin insoni bo'lmasa, yoki bir mehriboni bo'lmasa juda -juda o'zini yolg'iz his qiladi.
Eng og'ir yolg'izlik esa yoningda yostiqdoshing bo'la turib o'zingni yolg'iz his qilishingdir. Yoningda yaqin insoning bo'lsayu undan mehr ololmasang, u bilan sirlasha olmasang, unga dardlaringni eta olmasang, u bilan bir choy damlab olib dildan gaplashib o'tira olmasang, eng yomoni esa u senga befarq.... Yoningdayu huddi bir o'zingday yashashing... manimcha mana shu bo'lsa kerak Haqiqiy Yolg'izlik.
Hozirgi paytda shunaqa oilalar ham ko'p o'zim ham bir nechtasiga guvoh bo'lib yashayapman lekin qo'limdan hech narsa kelmayapdi. Man odatiy yolg'izlikka yo'l topa olyapmanku , lekin Qalb yolg'izligiga esa ojiz qolyapman. Qaniydi hech kimning qalbi yolg'iz qolmasa....
 
Azizlarim , yaqinlarim, do'stlarim hech qachon sizga nasib qilgan Alloh buyurgan yoringizni, yoki yuragingiz egasi bo'lmish muhabbatingizni bir o'zini yolg'iz qoldirmang garchi u ham sizdek qalb yolg'izligiga uchramasin, bilingki Yolg'izlik faqatgina Yaratganga xosdir. Yaratilgan jamiki mavjudot borki juft-juft bo'lib yashashi kerak.
Baxtingiz o'z qo'lingizda naxot siz sizga intiq bir insonga yolg'izlikni ravo ko'rsangiz? Manimcha siz unaqa inson emassiz. Sizga ishonaman ey dildoshim!

Blok-postimni sabr bilan o'qiganlarga rahmatim cheksiz...
Muallif: Kamola Rasulova

вторник, 21 октября 2014 г.

Zlatko Zaxovich : "Futbolda men Mouriniyodan ko'ra tajribaliroqman"

"Maribor" ning sport ishlari bo'yicha direktori Zlatko Zaxovich "Chelsi" bilan o'yindan oldin Mouriniyo haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Chelsi- chempionlar ligasi favoriti? Mouriniyo-eng yaxshi trener? Yo'q, eng yaxshilardan biri. Uning vazifasi odamlarni boshqarishdan iborat. Kamera yonganida esa u boshqa odamga aylanadi.

Mening futboldagi tajribam  Mouriniyodan ko'ra ko'proq. Men futbolchi hamda sport ishlari bo'yicha direktor lavozimlarida ishladim. 18 yoshimdan beri o'z professional karieramni davom ettirib kelayapman."

"To'g'ri menda uningdek murabbiylik tajribasi hech qachon bo'lmas, lekin futboldagi tajribada undan ustunroqman. Chunki men Chempionlar ligasida gol uradigan vaqtlarimda u tarjimon edi" - deb o'z so'zini yakunladi.


http://vk.com/barclaysnews saytidan bevosita tarjima

Yoshlar kanalini ko'rdingizmi? Naqadar sayoz ko'rsatuv... Til bayramingiz muborak bo'lsin!!!



Ona tilim, sen borsan, shaksiz, 
Bulbul kuyin she’rga solaman. 
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz, 
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.
(Abdulla Oripov)
Bugungi tilimiz ham shu kunga qadar ne zamonlarni bosib o‘tmadi deysiz. Ammo til har doim himoyaga muhtoj bo‘lib kelgan. Bugun tilimizning davlat tili maqomiga ko'tarilganinga 25 yil (!!!) bo'ldi, lekin hanuzgacha biz qilishimiz kerak bo'lgan vazifalar juda ham ko'pligi ko'rinib qolmoqda. 
Bu borada teleko'rsatuvlarning ham ahamiyati juda ham katta. Kuni kecha "Yoshlar" kanalida mana shu jurnalist olib boradigan ko'rsatuvni ko'rib qoldim. ( ko'rsatuv nomini to'g'risi bilmayman) Ko'rsatuv ona tili haqida bo'lganligi uchun juda katta qiziqish uyg'otdi. Ko'rsatuv tashkilotchiligi va chaqirilgan mehmonlarning sohalari turlichaligi ko'rsatuvga bo'lgan e'tiborni yanada oshirdi. Avvaliga u yerda bildirilayotgan fikrlar menga yoqayotgan edi. Keyin esa ko'rsatuvga chaqirilgan mehmonlarning noto'g'ri tanlanganligiga amin bo'ldim. 
Masalan musulmonlar idorasidan tashrif buyurgan kishi muqaddas dinimizda tilni behuda sarflamaslik haqida, noo'rin so'zlamaslik haqida va tilni tiyish inson uchun foydali ekanligini haqidagi fikrlarni gapirish o'rniga "Ota va o'g'il hikoyasi" bilan hamda hamma uchun tanish bo'lgan gaplar bilan kifoyalandi. Baholanki, islom dinida bu mavzuga oid naqadar ulug' hadislar borligi hech kimga sir emas.  
Pxisolog o'z yo'nalishini qo'yib bolalarning adabiyot bilan, kitob bilan oshno tutinishlarini maslahat bergani erish tuyildi. Ahir u o'zbek tiliga boshqa tillardagi so'zlarni qo'shib gapirishga nima sabab bo'layotgani, buni bartaraf etish uchun qaysi jihatlarga alohida e'tibor berish kerakligi, umuman olganda mavzuga psixologik nuqtai nazardan yondashishi kerak emasmi?
Bundan tashqari adabiyot haqida gapirish uchun filolog taklif qilingan bo'lsa..
Qaysidur litsey yo institutda dars berayotgan o'qituvchi-filolog  fikrlarini havola etaman. "Bizani bolla hoz adabiyotge qiziqishmayapti... masalan hoz man "Alpomish" dostonini o'tvomman... bolla tushunishda qiynalishvotti... chunki u qarluq laxchasida yozilgan...bollani kitob bilan do'st qilish kere.. hech qaysi narsa kitobdek bilim beromidi... 
Bu ko'rsatuv o'zbek tili muammolariga bag'ishlanganmi? OAV vositalarida, kino olamida shevalarni ishlatishayotgani bu narsa esa badiiy tilning normalarini buzayotganligi muammo qilib ko'tarilganmi, o'zi? Agar javob "ha" bo'lsa nega "tilshunos"imiz, aniqrog'i tilshunosingiz shevada gapirayapti?
Muammoni hal qilish kerak deymiz-u, lekin muammoni muhokama qilishda yangi muammoni yaratamiz. Ko'rsatuv mualliflari ko'rsatuvni yana bir tomosha qilishlarini hamda xatolarini to'g'ri anglab olishlarini juda ham xohlardim. 


понедельник, 20 октября 2014 г.

Aguero: Siti uchun gollar urishda davom etishni xohlayman



Siti hujumchisi Aguero Siti uchun gollar urishda davom etishni xohlashini aytib o'tdi.

Totenhemga urilgan to'rtta gol bilan hisoblanganda Arsenalning argentinalik 26 yoshli
hujumchisi Agueroning gollari soni 61 taga yetdi. Bu ko'rsatgich esa Manchester siti hujumchisi uchun rekord ko'rsatgich hisoblanadi. Shu paytgacha Siti hujumchilari Karlos Teves (58) hamda Edin Jeko (48) eng yaxshi ko'rsatgichga ega edi. 

Serxio rekorddan juda hursand ekanligini lekin bu hali oxiri emasligini aytib o'tdi.

"Men klub tarixining bir bo'lagi bo'lganimdan juda hursandman va yana gollar urishga umid qilaman. Eng muhimi esa Siti men urgan o'yinlarda g'alaba qozonishidir. O'tgan safargi gollarim juda hursand qildi, lekin undan muhimrog'i jamoamning 3 ochkosidir","-debSky Sportsga bergan intervyusida o'z fikrlarini yakunladi. 

Parlor: Arsenal 3-4-o'rinlar uchun kurashadi.


Arsenalning sobiq yarim himoyachisi Rey Parlor Arsen Venger jamoasi hozirgi holatida faqat uchinchi to'rtinchi o'rinlar uchun kurasha olishi mumkinligini ta'kidladi. 
Shanba kungi "Hall city" bilan durrangdan so'ng Arsenal jamoasi Chelsi jamoasidan naqd 11 ochkoga qolib ketdi. Parlorning fikricha endi jamoa sovrinli o'rinlar haqida o'ylashni unutib Chempionlar ligasi yo'llannmasini qo'lga kiritishga harakat qilsa ham bo'ladi. 
"O'ylashimcha Arsenal uchinchi to'rtinchi o'rinlar uchun kurashadi. Manchester siti hamda Chelsi jamolariga qarang. Bu jamolar Manchester Yunayted, Liverpul, Arsenal hamda Totenhemga qaraganda yorqinroq o'yin namoyish qilishmoqda". 

"Chelsi shunchaki uch ochkoni qo'lga kiritmoqda. Agar Aguero shunday o'ynashda davom etsa Manchester sitida ham titulni qo'lga kiritishga imkoniyati oshadi. Bu komandalar Arsenaldan g'oliblikka ancha yaqin. Shuning uchun Arsenalning raqiblari Manchester Yunayted hamda Totenhem,"-deb talkSPORT fikrlarini tugatdi. 

суббота, 18 октября 2014 г.

Welcome to our HOTEL-ARBA (Samarkand)

For unique experience of lodging in Arba Hotel offers its guests 21 rooms of 5 categories.Their exclusive design features monochrome décor and fittings, contrasted with vibrantly soft-furnishings and lamps matching the floor palette. Cozy interiors are made of natural materials.

In-room amenities: air-conditioning, Flat Sattelite TV, Wi-Fi internet access, writing desk, mini-bar, WC, personal bathrobe, hairdrier and slippers.
Contacts: 0366 233-60-67 

Kelinlar hushyor bo'ling Kamola Rasulovadan

Qaynonang suydi-ering suydi

Ha, qaynona suygan kelinni eri ham ardoqlashiga yuz foiz kafolat bor. Agar kelinchak qaynonaga yoqmasa onaning yuragidagi norozilik hissi asta-sekin o'g'ilning qalbidagi gurkirab turgan muhabbat olovini ham so'ndirishi tabiy. Shunday ekan erining muhabbatidan mosuvo bo'lishni istamagan kelin qaynonaning mehrini qozonishi shart. Albatta hamma kelinchaklar ham birdaniga qaynonaga manzur bo'lavermaydi. Ayniqsa ro'zg'or yuritish borasida. Chunki har bir oilaning o'ziga xos urf-odatlari bor. Qaynona o'rnatgan an'analarni birdaniga o'zgartirmoqchi bo'lgan kelin katta xatoga yo'l qo'yadi. Yaxshisi u yangi oilasidagi an'analarga oz-ozdan qo'shimchalar kiritib, sayqallab borishi lozim.


Kelinlikning eng mushkul vazifalaridan yana biri erta turish. Qaynonaning ko'ngliga yo'l topish ham aynan mana shu yumushdan boshlanadi. Agar kelin bu odatni kanda qilsa yoki e'tibor bermasa qaynonaning nazdida bu bepisandlik va hurmatsizlik bo'lib tuyuladi. Shundan so'ng kelin ro'zg'orning o'tidan kirib kulidan chiqsa ham qaynonaning muzga aylangan ko'nglini yumshatolmaydi. Erta turish qaynona u-n KELINLIKNING OLTIN TOJI. Qaynona bu toj bilan qo'ni-qo'shnilarga qarindosh-urug'larga maqtangisi kerilgisi keladi. Shu bois kelinlar to'ydan ancha oldin sahar turishning hadisini olsalar yomon bo'lmasdi.



"Razvedka" YOHUD QISQA FURSAT ICHIDA KUYOV XONADONINI O'RGANISH.

Kelinchak ilk kunlari kuyovning xonadonidagi narsa va buyumlarning qayerdaligini bilolmay xunob bo'lishi ko'pchilikka ayon bolsa kerak. Supurgi qayerda, toza dasturxon yoki choynak piyolalar qaysi shkafda turadi? kabi savollarni xadeb xonadon egalariga beraverish kelinchakka noqulaylik tug'diradi. U dastlabki kunlar bu masalada turmush o'rtog'iga suyanishga xarakat qiladi. Tong sahardan hovli supurib yurgan kelinchakning har zamonda zuv etib uyiga kirib chiqishi hammaga tanish manzara bo'lsa kerak ))) Kuyov bala ham bu o'inda jon-jon deb unga yordam berishi mumkinu, ammo uyqusining eng shirin pallasida yelkasiga turtki aralash beriladigan "Xoy xokandozni topolmayapman", "Chiqindini qayerga tashlay?", kabi gaplar uning teppa sochini tikka qilishi tayin (chunki uning o'zi ham bu buyumlarni qayerda turishini bilmasa kerak :-) ).

Yoki kuyov uyda bo'lmagan paytlar kelinchak go'yo o'zini qo'l-oyoqsiz qolgan kimsadek his eta boshlaydi. Qayerdandir najot farishtasi kelsa-yu uning mushkulini oson qilsa. Najot farishtasi albatta bor. Buning u-n kelinchak qayinsingil yoki uydagi yosh bolalarning ko'ngliga yo'l topishni uddalashi lozim. U avvalo bir kunlik qiladigan ishlarining rejasini tuzib chiqishi va qaynisingil yoki bolalar orqali kerakli jixozlarning qayerdaligini aniqlab olishi kerak. CHunki ish jarayonida buymlarini osongina topib olsa, bu qaynonada ijobiy fikr uyg'otadi. Yani u "Kelinim juda ziyrak va faxm farosatli ekan", degan xulosaga keladi.








Sizga baxt tilayman!




Muallif: Kamola Rasulova

Hayot haqida Do'stim Kamola Rasulovadan

Assalomu alaykum hayot atalmish bu sinovli dunyoda o'z taqdiridan ba'zan nolib, ba'zan rozi bo'lib yashayotgan tengdoshim OMONMISIZ?

Vaqt o'tib borarkan hayot ham yakunlab boruradi bizga berilgan imkon esa faqat bir marta nasib qiladi, vaqtni orqaga qaytarib bo'lmaganidek qo'ldan ketgan BAXTNI ham topib bo'lmaydi. Shunday ekan baxtimizni va vaqtimizni borida qadrlaylik!
1. Tanishuv...ilk uchrashuv....1-hissiyotlar...shirin lag'zalar

Bu kunni haqiqiy xissiyotga berilgan ikki qalb hech qachon unutmasa kerak. Aynan mana shu kundan boshlanadi hammasi...
2. Nikoh. Oila, turmush, ro'zg'or va eng kerelisi VISOL ONLARI ...


Oila muqaddas, oila sajdagoh kabi ulug'vor.
Oilaga hiyonat bu Vatanga xiyonat bilan barobar ekan. Oila qurish bu shunchaki yangi hayot boshlash degani emas balki ulkan ma'suliyat degani hamdur. Oilani asrash, avaylash va unga hech qanday gard yuqtirmaslik kerak. Bu har ikki yoshning vazifasi va burchidur!
3. To'ydan keyingi ikki insonning unutilmas shirin lag'zalari ...



4. Ilk farzand tug'ilishi ilk hayajonlar va ilk ta'surotlar...


5. Farzandga ota-onaning mehr-muhabbati


6. Qanday baxtli oila havas qilishga arzigulik oila...


7. Endi esa oilada er-xotin o'rtasida o'zaro kelishmovchilik, har xil nizolarning kelib chiqishi((( Nimaga endi insonlar bir-birlarini tushunib yasholmaydi???
Nimaga endi shunday baxtli oilaga DARZ ketishi kerak? Shunday bo'lishiga kim aybdor?


8. Menga alam qiladigan tomoni endi farzand faqatgina onasi bilan qoldi ming afsus ...
Naxot endi u otasini kam ko'radi balki hech qachon ko'rmas ham...

Oilangizni asrang. Zero u muqaddasdir. 


Muallif: Qadrdon do'stim Kamola Rasulova