fikr uz sayti bizning fikrlarimizni yuzaga achqishida eng asosiy manbalardan biriga aylandi. Uning geografik muhiti anchagina kengayib, bu yerda maqola chiqarish har bir kishining orzusiga aylanib bormoqda. Lekin mening fikrimcha bu yerda qilinadigan ish juda ham ko'p. Axir bu yerda xohlagan odam xohlagan saytdan manbasini hattoki ko'rsatmay ma'lumot olsa-yu sayt administratorlari uni e'lon qilashaversa. Yoki ancha vaqt tayyorlanib ilhom parilaridan iltimos qilinib ajoyib maqola yaratilayapti, lekin na ijobiy fikrlar, na salbiy fikrlarni ko'ryapmiz. Axir har bir maqoladan keyin unga qarshi fikr yoki uni qo'llab quvvatlovchilar topilmasa unda maqolani yozishning kimga keragi bor? Sayt ijodkorlari har bir institut yoki tashkilotga o'zlaridagi tadbirlar haqida ma'lumot berishni majburlamay yangiliklar yaratishsa yaxshi bo'lardi. Bu yerga yozuvchi har bir maqola egasi uning maqolasini kimdir o'qishini chin dildan xohlaydi. Buni yoddan chiqarmasligimiz kerak.Menimcha bu sayt o'z MAQSAD ini aniq belgilab shunga yarasha harakat qilish kerak
Etiboringiz uchun raxmat
Etiboringiz uchun raxmat

Комментариев нет:
Отправить комментарий