Zamonaviy jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lgan bu til butun dunyo bo’ylab
keng yoyilgan. Ushbu tildan behabar odam dunyoda topilmasa kerak. Shu jumladan
ingliz tili ham. Shuning uchun bu tilda shevalar miqdori me’yoridan ortiqdir. Ba’zi
manbalarda undagi shevalar miqdorini 200 dan ortig’i sanab o’tilgan. Turli
mamlakat ma’daniyati va turmush tarzi ingliz tiliga sezilarli ta’sir
ko’rsatmoqda. Uning lug’atiga har kuni yangi so’zlar bilan boyib bormoqda.
Tirik jonzotlar kabi tillar
moslashuvchanlik va o’zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Bunday o’zgaruvchanlikka neologizm
hodisasi misol bo’la oladi. Neologizm bu til lug’atida yangi so’zlarning paydo
bo’lishi hisoblanadi. Neologizmlar lug’atga yangi so’z tushuncha sifatida kiradi
va tilning barcha qatlamlariga tarqalgunga qadar saqlanadi. Keyin esa u
odatdagi so’zlardek qo’llanila boshlaydi yoki o’rnini boshqa so’zga bo’shatib
beradi. “The mother tongue” asari muallifi yangi so’z paydo bo’lishi uchun
beshta faktorni ajratib ko’rsatadi. Bular: xato qilish (error), qabul qilish
(Adoption), so’z yaratish (protologizm), kontekstda ma’no o’zgarishi (context)
so’zlarni bir-biriga qo’shib yasash (addition or suptraction).
Xato qilish. Darvin ta’limotiga ko’ra
xatono takrorlash tabiat hodisasidir. Buni tilda ham kuzatishimiz mumin.
Ba’zida so’zlarni noto’gri transkipsiya qilish natijasida mutatsiya jarayoni
kelib chiqishi va so’z o’z-o’zidan yangiga aylanishi mumkin. Masalan
“asparagus” so’zi “sparrow” hamda “grass” so’zlarini buzib transkipsiya qilish
bilan kelib chiqqan.
Qabul qilish. (Adoption) Ingliz tili
jahon tili. Undan ko’p mamlakatlar
foydalanadi. Shuning uchun juda ham so’zlar ingliz tili lug’atiga kirib
keladi. Masalan: italyan tilidan “casinos”, shotland tilidan “greasiness”,
skandinaviya tilidan “volcano”.
So’z yaratish. (protologizm) Protoligzmlar-bu
kimdir tomonidan so’z yaratilishidir. Biz bunga yozuvchi va shoirlarning
asarida uchragan “yangi” so’zlarni misol qilib ko’rsatishimiz mumkin. Masalan
Kouling “hinkypunks” (hanky-panky) ni kiritgan.
Kontekstda ma’no o’zgarishi. Ba’zida
kontekst ham lug’atga so’z qo’shilishi yoki ma’nosini o’zgartirishiga sababchi
bo’lishi mumkin. Ingliz tilida uchraydiga “girl” so’zi aslida ikki jins
vakillari yoshlariga bir xilda qo’llanilgan yoki “pretty’ so’zining aslida
ma’nosi “hiylakor”, “makkor” so’zlariga teng bo’lgan.
So’zlarni bog’lash. (Addition) Bunday
yangi so’z yaratish Har bir tilda uchraydi. “Smog” so’zi “smoke” va “fog”
so’zlari qo’shilmasidan kelib chiqgan. “Earthquake” so’zi bo’lsa “earth’ va
“quake” so’zlari qo’shilmasidan kelib chiqqan.
Albatta so’zlarning lug’atga kirib
kelishi ajoyib holat. Lug’at boyligi ortadi, yangi tushunchalar paydo bo’ladi.
Lekin yangi so’zlar va ularga bog’liq
muammolarni yechish tilshunoslik fanining oldida turgan dolzarb masala
hisoblanadi.
“Radar” so’zini ingliz tiliga kirib
kelishi haqida lug’atlarda fikrlar aytib o’tilgan. Ikkinchi jahon urushidan
keyin yaratilgan bu qurilmaning nomi “Radio Detection And Ranging” so’zlarining
qisqartmasidan kelib chiqgan. Bunday holatni biz “lazer” so’zida ham
kuzatishimiz mumkin. Dastlab ishlatilganda bu so’zlar “RADAR” hamda “LASER”
tarzida yozilgan. Chunki abbrevatsion so’zlarning yozilish qoidasiga binoan bu
so’zlar aynan shunday yozilishi kerak. Lekin bu qisqartmalar o’z-o’zidan, vaqt
o’zgarish nuqtai nazaridan “yangi” so’zga aylanib qolgan. Hozirgi kunda ingliz
tilida bu so’z qoidaga istisno “laser” va “radar” tarzida yoziladi. Lekin
mantiqan o’ylab qaralganda bu so’zlarning UNICEF (United Nations International
Child’s Emergency Fund) yoki SHAPE (Supreme Headquarters Allied Powers in
Europe) so’zlaridan umuman farqi yo’q.
Demak, bu so’zlar ham kelajakda kichik harflar bilan yozila boshlaydimi? Agar
shunday bo’lsa “shape” so’zi “SHAPE” so’zi bilan omonim bo’ladimi?
Bugungi kunda ingliz tiliga mutassil
yangi so’zlar kirib kelmoqda. Bunday yangi so’zlar paydo bo’lishi media,
siyosat, iqtisod, komputer tarmoqlari terminalogiyasida ko’p uchramoqda.
Shuningdek, bu so’zlar ingliz tili lug’atiga ham kiritilmoqda. Tillarda yangi
so’zlar paydo bo’lish faktorini hisobga olsak, bu kirib kelgan tushunchalarni
yangi so’z deb qarashimiz mumkin. Lekin masalaning boshqa nozik tomoni bor.
Ya’ni bu so’zlar bizning erinchoqligimiz, bilimsizligimiz tufayli yuzaga
kelayotgani hech kimga sir emas. Misol qiladigan bo’lsak. “OMG” neologizmi 2011-mart
oyida lug’atga kiritilgan. Ma’nosi-“Oh my God/Gosh (yo Xudoyim)” Hozirda bu
so’z katta harflar bilan yozilganligi uchun biz uning abrevatsion so’z
ekanligini bilamiz. Vaqt o’tgach bu so’z e’tiborsizlik tufayli kichik harflar
bilan yozilib, odat qilinadi. Qarabsizki, “yangi so’z” tayyor. Vaholanki, bu
qisqartma allaqachon lug’atga neologizm sifatida kiritlgan. “I ♥
NY” so’zida yurakni anglatuvchi belgi “sevmoq” so’zi o’rniga qo’llanilmoqda.
Demak, yaqin kunlarda “heart” va “sevmoq” so’zlari sinonim bo’lishi aniq. Xuddi
shunday “urb” so’zi “urban area” ma’nosiga ega bo’lib lug’atga kiritilgan.
Tillar
rivojini boshqa tillar ta’sirisiz o’rganish qiyin. Bugungi global rivojlanib kelayotgan
dunyo hamjamiyati ingliz tiliga yetarlicha ta’sir qilmoqda. Ingliz tili
dunyoning ko’plab malakatlarida o’qib o’rganilayotgani, u yerda yana bir
tilning mavjudligi unga katta ta’sir etadi. Bu ta’sir natijasida ingliz tili
nafaqat grammatik, fonetik o’zgarishlarga balki leksik o’zgarishlarga
uchrayotgani hech kimga sir emas.
Ma’lumotlarga
qaraganda, ingliz tiliga har oyda yuzdan ortiq so’z boshqa tillardan
o’zlashayotgan ekan. Bunday ta’sir fransuz, ispan tillarida hamda ingliz tili
ikkinchi til sifatida qabul qilingan mamlakatlarda ko’proq sezilmoqda. To’gri
bu kimgadur oddiy holat bo’lib tuyulishi mumkin, lekin hozirgi kunda katta
sheva guruhi bo’lmish hinglish (hind-ingliz) spaninglish (ispan-ingliz), New
yorican (puertorika-ingliz) atamalari yuzaga kelgan. Sheva-bu adabiy tildan
biroz leksik, fonetik farq qiluvchi til qatlami hisoblanadi. Biz sanab o’tgan
shevalarda biroz emas balki juda ham katta o’zgarishlarni kuzatishimiz mumkin.
Til tarixidan bizga ma’lumki, tilni
o’zlashtirgan mamlakatda bundan oldin mavjud bo’lgan tilning ta’siri albatta
seziladi. Mamlakat tabiati, odamlarning ta’siri natijasida bu til tubdan
o’zgarib ketishi, yoki yangiga aylanishi mumkin. Ko’pgina xollarda bitta katta
muhim, ko’p ishlatiladigan til boshqa tillar asosi bo’lib xizmat qilishi, uning
grammatikasi, lug’atida katta ta’sir ko’rsatib, bu tilning o’zi iste’moldan
chiqib ketishi holatlari ham kuzatilgan. Ingliz tilining asosi bo’lib hizmat
qilgan, o’z navbatida butun dunyoda eng qudratli til bo’lgan lotin tili buning
yaqqol isbotidir. Shevalarning bu darajada adabiy tildan farq qilishi, ortiqcha
va keraksiz qoidalarga zid tarzda yangi so’zlar kirib kelishi ingliz tilini ham
o’z asosi bo’lgan lotin tiliga o’xshab istemoldan chiqarib yubormasligi uchun
tilshunoslar hozirdanoq bu muammo ustida bosh qotirishlari talab qilinadi.


Комментариев нет:
Отправить комментарий