вторник, 21 октября 2014 г.

Zlatko Zaxovich : "Futbolda men Mouriniyodan ko'ra tajribaliroqman"

"Maribor" ning sport ishlari bo'yicha direktori Zlatko Zaxovich "Chelsi" bilan o'yindan oldin Mouriniyo haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Chelsi- chempionlar ligasi favoriti? Mouriniyo-eng yaxshi trener? Yo'q, eng yaxshilardan biri. Uning vazifasi odamlarni boshqarishdan iborat. Kamera yonganida esa u boshqa odamga aylanadi.

Mening futboldagi tajribam  Mouriniyodan ko'ra ko'proq. Men futbolchi hamda sport ishlari bo'yicha direktor lavozimlarida ishladim. 18 yoshimdan beri o'z professional karieramni davom ettirib kelayapman."

"To'g'ri menda uningdek murabbiylik tajribasi hech qachon bo'lmas, lekin futboldagi tajribada undan ustunroqman. Chunki men Chempionlar ligasida gol uradigan vaqtlarimda u tarjimon edi" - deb o'z so'zini yakunladi.


http://vk.com/barclaysnews saytidan bevosita tarjima

Комментариев нет: