Qaynonang suydi-ering suydi
Ha, qaynona suygan kelinni eri ham ardoqlashiga yuz foiz kafolat bor. Agar kelinchak qaynonaga yoqmasa onaning yuragidagi norozilik hissi asta-sekin o'g'ilning qalbidagi gurkirab turgan muhabbat olovini ham so'ndirishi tabiy. Shunday ekan erining muhabbatidan mosuvo bo'lishni istamagan kelin qaynonaning mehrini qozonishi shart. Albatta hamma kelinchaklar ham birdaniga qaynonaga manzur bo'lavermaydi. Ayniqsa ro'zg'or yuritish borasida. Chunki har bir oilaning o'ziga xos urf-odatlari bor. Qaynona o'rnatgan an'analarni birdaniga o'zgartirmoqchi bo'lgan kelin katta xatoga yo'l qo'yadi. Yaxshisi u yangi oilasidagi an'analarga oz-ozdan qo'shimchalar kiritib, sayqallab borishi lozim.
Kelinlikning eng mushkul vazifalaridan yana biri erta turish. Qaynonaning ko'ngliga yo'l topish ham aynan mana shu yumushdan boshlanadi. Agar kelin bu odatni kanda qilsa yoki e'tibor bermasa qaynonaning nazdida bu bepisandlik va hurmatsizlik bo'lib tuyuladi. Shundan so'ng kelin ro'zg'orning o'tidan kirib kulidan chiqsa ham qaynonaning muzga aylangan ko'nglini yumshatolmaydi. Erta turish qaynona u-n KELINLIKNING OLTIN TOJI. Qaynona bu toj bilan qo'ni-qo'shnilarga qarindosh-urug'larga maqtangisi kerilgisi keladi. Shu bois kelinlar to'ydan ancha oldin sahar turishning hadisini olsalar yomon bo'lmasdi.

"Razvedka" YOHUD QISQA FURSAT ICHIDA KUYOV XONADONINI O'RGANISH.
Kelinchak ilk kunlari kuyovning xonadonidagi narsa va buyumlarning qayerdaligini bilolmay xunob bo'lishi ko'pchilikka ayon bolsa kerak. Supurgi qayerda, toza dasturxon yoki choynak piyolalar qaysi shkafda turadi? kabi savollarni xadeb xonadon egalariga beraverish kelinchakka noqulaylik tug'diradi. U dastlabki kunlar bu masalada turmush o'rtog'iga suyanishga xarakat qiladi. Tong sahardan hovli supurib yurgan kelinchakning har zamonda zuv etib uyiga kirib chiqishi hammaga tanish manzara bo'lsa kerak ))) Kuyov bala ham bu o'inda jon-jon deb unga yordam berishi mumkinu, ammo uyqusining eng shirin pallasida yelkasiga turtki aralash beriladigan "Xoy xokandozni topolmayapman", "Chiqindini qayerga tashlay?", kabi gaplar uning teppa sochini tikka qilishi tayin (chunki uning o'zi ham bu buyumlarni qayerda turishini bilmasa kerak :-) ).
Yoki kuyov uyda bo'lmagan paytlar kelinchak go'yo o'zini qo'l-oyoqsiz qolgan kimsadek his eta boshlaydi. Qayerdandir najot farishtasi kelsa-yu uning mushkulini oson qilsa. Najot farishtasi albatta bor. Buning u-n kelinchak qayinsingil yoki uydagi yosh bolalarning ko'ngliga yo'l topishni uddalashi lozim. U avvalo bir kunlik qiladigan ishlarining rejasini tuzib chiqishi va qaynisingil yoki bolalar orqali kerakli jixozlarning qayerdaligini aniqlab olishi kerak. CHunki ish jarayonida buymlarini osongina topib olsa, bu qaynonada ijobiy fikr uyg'otadi. Yani u "Kelinim juda ziyrak va faxm farosatli ekan", degan xulosaga keladi.
Sizga baxt tilayman!
Muallif: Kamola Rasulova

Комментариев нет:
Отправить комментарий