Tarjima jarayoni murakkab jarayonlardan biri hisoblanadi. U tarjimondan
yuksak mahorat, iqtidor hamda katta
bilim talab qiladi. Ayniqsa badiiy adabiyot tarjimasida ehtiyotkorlik bilan bir
qatorda so’zning aynan ma’nosini berish katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Badiiy tarjima o’quvchiga madaniy
hordiq hamda ta’lim-tarbiya berishda benihoya katta rol o`ynaydi. Badiiy
tarjima bilan shug’ullanish har qanday tarjimonni o’ylantirib qo’yadi. Badiiy
tarjimada so’zning ekvivalenti shunchalik to’g’ri tanlanishi kerakki, u tarjimaning
sifatiga ta’sir qilmasligi lozim.
Ingliz tilining lug`at boyligiga butun
dunyo tillari ta’sir qiladi. Uning lug’at boyligining bor-yug`i 30 foizini aynan ingliz so`zlari, qolganlarini o`zlashma so`zlar
tashkil etadi. Ingliz tilini bouish manbaalarini kuzatar ekanmiz, so’zlar
boshqa tillardan kirib kelganligi bilan bir qatorda jamiyat hamda taraqqiyot
ta’sirida o’z ma’nolarini qisman yoki butunlay o’zgartirganligiga guvoh
bo’lamiz.
Masalan, ko’p uchraydigan faol so’zlardan biri “nice”
so’zi hozirgi kunda «yaxshi, ajoyib» deb
tarjima qilinadi. Bu so’z aslida lotin tilidan ingliz tiliga kirib kelgan
bo’lib XIV asrgacha “ahmoqona” yoki “jinnicha” kabi ma’nolarga ega
bo’lgan, faqat XVIII asrga kelib bu so’z
hozirgi davrdagi ma’noga ega bo’lgan.
“Awful” so’zi ham shunday tarixiy
jarayonni bosib o’tgan. 1380-yilgacha bo’lgan manbalarda bu so’zning ma’nosi
“mo’jizaviy ilhomlantiradigan” degan ma’noda bo’lgan. Hozirgi kunga kelib esa
bu so’z vahimali, bo’lmag’ur degan ma’nolarga ega.
Biz bilgan “bully” so’zining bugungi kundagi ma’nosi “zo’ravon”,
“ho’kiz” deb tarjima qilinadi. Ajablanarlisi shundaki, bu so’zning asl ma’nosi
“azizim” “mening yondoshim” deganidir.
«Accent»
so’zi ham aslida tarixda ma’nosi «kuylamoq» bo’lgan. Bugungi kunga kelib, bu
so’zning ma’nosi “urg’u” yoki qaysidur tilda so’zlashish uslubini bildirmoqda.
Bunday so’zlar misoliga “apology”
so’zini ham qo’shishimiz mumkin. Bu so’zning ma’nosi “himoya”, “himoyalanmoq”
degan ma’nolarga ega bo’lgan. Ingliz
tilining hozirgi lug’atlarida bu so’z “kechirim so’ramoq” ma’nosini
anglatmoqda.
“Bachelor” so’zi «ritser bo’lmoqchi
bo’lgan yigitlar»ni bildirgan. Bugungi kunda ingliz tilidan xabari bor insonlar
bu so’zni oliy ta’limda qo’lga kiritadigan daraja ekanligni yaxshi bilishadi.
Ingliz tili tarixi bosqichlarida
“basement” so’zi ham o’zgarishlarga uchragan. Bu so’z oldin “hojatxona”
ma’nosida qo’llanilgan so’z bo’lsa, hozirgi kunga kelib uning ma’nosi ma’lum
bir binoning asosi, quriladigan dastlabki qismi sifatida tushuniladi.
Bunday so’zlarni ingliz tilida juda ham
ko’plab uchratishimiz mumkin. Ba’zi ma’nosini o’zgartirgan so’zlar ma’nosini
biroz o’zgartirgan bo’lsa, ba’zilari butunlay o’zgartirishgan. Muammoli holat
shundaki, bu so’zlar ma’no jihatdan bir so’z turkumida saqlangan, ya’ni
“bachelor” so’zi ot so’z turkumiga mansub bo’lgan. Hozir ham aynan shunday. Bu
esa bugungi kun tarjimonlariga qiyin muammolarni keltirib chiqaradi.
Tarjimon asar yoki ma’lumot tarjima
qilar ekan, u aynan so’zning qaysi davrda qanday ma’noga ega bo’lganini aniq
o’rganib chiqishi lozim. Bundan tashqari u o’zi tarjima qilayotgan manbaaning
sanasini aniq bilishi hamda o’sha davrdagi so’zning aniq ma’nosini berishi talab
qilinadi. Masalan: XV asrga tegishli asarni tarjima qilar ekan, tarjimon
“bachelor” so’zini o’zbek tiliga bakalavr tarzida o’girsa u qo’pol xatoga yo’l
qo’yishi va tarjimaning noto’gri variantini yaratib qo’yishi mumkin. Shunday
ekan, tarixiy hujjatlar hamda badiiy adabiyotlar tarjimasida tarjimon o’sha
davr uslubi va janri bilan bir qatorda so’zning etimologiyasidan xabardor
bo’lishi tarjimaning aniqligi hamda sifatligiga ijobiy ta’sir qiladi.



Комментариев нет:
Отправить комментарий