Ko'zlarimni Yumdim Seni Ko'rmoqlik Uchun...
Shu blokni yozishdan avval bir , ikki kun o'yladim yozaymikin yoki yo'q deb, bo'madi shu bugun ertalabdan yozaman deb qaror qildim va sekin yozishga kirishdim.
Inson umrini 4 faslga bo'lish mumkin ekan, bolalikni yozga, oltin davrni bahorga, o'rta yoshlikni kuzga, keksalikni esa qishga. Inson shu hayoti davomida ko'p sinovlarni boshidan kechiradi shu qatori "yolg'izlikni" ham.
Yolg'izlik o'zi nima? U qanday tushuncha? U qanday hissiyotki insonlarga doim azob beradi? Yolg'izlik ham huddi fasllardek insonlarga har xil ta'sir qiladi , yolg'izlikni har kim har xil tushunadi. Kimdir yolg'iz bir o'zi yashashidan yolg'izman desa, yana kimdir yaqin insonidan ayrilib yolg'iz qoldim deydi, yana kimdir esa hali turmush qurmadim yonimda yaqin yostiqdoshim yo'q bir o'zim yolg'izman deydi. Manimcha eng yomon yolg'izlik Qalb yolg'izligi bo'lsa kerak. Yoningda yaqin insoning bo'la turib o'zingni yolg'iz his qilishdan azobi yo'q... Bu holatni faqatgina boshidan o'tqaza olganlargina tushuna oladi.
Insonlardagi ba'zi bir yolg'izlik holati o'tkinchi , tabiy holatdek bo'ladi ya'ni misol u-n yoshlardegi yolg'izlik ular vaqt o'tib o'z iziga tushib ketadi oila qurishgandan keyin ya'ni qizlar o'z shaxzodalarini topib, yigitlar o'z malikalariga yetishgandan so'ng. Bolalikda esa hech qanday yolg'izlikni his qilmaslik mumkin qachonki bolalar bevaqt ota-onalaridan, yaqinlaridan ayrilib qolmasalar. O'rta yoshdegilarda ham yolg'izlik mavjud bo'lib u ko'proq oilaga borib taqaladi ya'ni yo eri yoki xotini o'zgani sevib qolsa. Keksalikdagi yolg'izlik esa eng og'ir yolg'izliklardan biridir, negaki inson keksayib kuchdan qolgan paytda yonida yaqin insoni bo'lmasa, yoki bir mehriboni bo'lmasa juda -juda o'zini yolg'iz his qiladi.
Eng og'ir yolg'izlik esa yoningda yostiqdoshing bo'la turib o'zingni yolg'iz his qilishingdir. Yoningda yaqin insoning bo'lsayu undan mehr ololmasang, u bilan sirlasha olmasang, unga dardlaringni eta olmasang, u bilan bir choy damlab olib dildan gaplashib o'tira olmasang, eng yomoni esa u senga befarq.... Yoningdayu huddi bir o'zingday yashashing... manimcha mana shu bo'lsa kerak Haqiqiy Yolg'izlik.
Hozirgi paytda shunaqa oilalar ham ko'p o'zim ham bir nechtasiga guvoh bo'lib yashayapman lekin qo'limdan hech narsa kelmayapdi. Man odatiy yolg'izlikka yo'l topa olyapmanku , lekin Qalb yolg'izligiga esa ojiz qolyapman. Qaniydi hech kimning qalbi yolg'iz qolmasa....
Azizlarim , yaqinlarim, do'stlarim hech qachon sizga nasib qilgan Alloh buyurgan yoringizni, yoki yuragingiz egasi bo'lmish muhabbatingizni bir o'zini yolg'iz qoldirmang garchi u ham sizdek qalb yolg'izligiga uchramasin, bilingki Yolg'izlik faqatgina Yaratganga xosdir. Yaratilgan jamiki mavjudot borki juft-juft bo'lib yashashi kerak.
Baxtingiz o'z qo'lingizda naxot siz sizga intiq bir insonga yolg'izlikni ravo ko'rsangiz? Manimcha siz unaqa inson emassiz. Sizga ishonaman ey dildoshim!
Blok-postimni sabr bilan o'qiganlarga rahmatim cheksiz...
Muallif: Kamola Rasulova
Комментариев нет:
Отправить комментарий