Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman. Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.
(Abdulla Oripov)
Bugungi tilimiz ham shu kunga qadar ne zamonlarni bosib o‘tmadi deysiz. Ammo til har doim himoyaga muhtoj bo‘lib kelgan. Bugun tilimizning davlat tili maqomiga ko'tarilganinga 25 yil (!!!) bo'ldi, lekin hanuzgacha biz qilishimiz kerak bo'lgan vazifalar juda ham ko'pligi ko'rinib qolmoqda.
Bu borada teleko'rsatuvlarning ham ahamiyati juda ham katta. Kuni kecha "Yoshlar" kanalida mana shu jurnalist olib boradigan ko'rsatuvni ko'rib qoldim. ( ko'rsatuv nomini to'g'risi bilmayman) Ko'rsatuv ona tili haqida bo'lganligi uchun juda katta qiziqish uyg'otdi. Ko'rsatuv tashkilotchiligi va chaqirilgan mehmonlarning sohalari turlichaligi ko'rsatuvga bo'lgan e'tiborni yanada oshirdi. Avvaliga u yerda bildirilayotgan fikrlar menga yoqayotgan edi. Keyin esa ko'rsatuvga chaqirilgan mehmonlarning noto'g'ri tanlanganligiga amin bo'ldim.
Masalan musulmonlar idorasidan tashrif buyurgan kishi muqaddas dinimizda tilni behuda sarflamaslik haqida, noo'rin so'zlamaslik haqida va tilni tiyish inson uchun foydali ekanligini haqidagi fikrlarni gapirish o'rniga "Ota va o'g'il hikoyasi" bilan hamda hamma uchun tanish bo'lgan gaplar bilan kifoyalandi. Baholanki, islom dinida bu mavzuga oid naqadar ulug' hadislar borligi hech kimga sir emas.
Pxisolog o'z yo'nalishini qo'yib bolalarning adabiyot bilan, kitob bilan oshno tutinishlarini maslahat bergani erish tuyildi. Ahir u o'zbek tiliga boshqa tillardagi so'zlarni qo'shib gapirishga nima sabab bo'layotgani, buni bartaraf etish uchun qaysi jihatlarga alohida e'tibor berish kerakligi, umuman olganda mavzuga psixologik nuqtai nazardan yondashishi kerak emasmi?
Bundan tashqari adabiyot haqida gapirish uchun filolog taklif qilingan bo'lsa..
Qaysidur litsey yo institutda dars berayotgan o'qituvchi-filolog fikrlarini havola etaman. "Bizani bolla hoz adabiyotge qiziqishmayapti... masalan hoz man "Alpomish" dostonini o'tvomman... bolla tushunishda qiynalishvotti... chunki u qarluq laxchasida yozilgan...bollani kitob bilan do'st qilish kere.. hech qaysi narsa kitobdek bilim beromidi...
Bu ko'rsatuv o'zbek tili muammolariga bag'ishlanganmi? OAV vositalarida, kino olamida shevalarni ishlatishayotgani bu narsa esa badiiy tilning normalarini buzayotganligi muammo qilib ko'tarilganmi, o'zi? Agar javob "ha" bo'lsa nega "tilshunos"imiz, aniqrog'i tilshunosingiz shevada gapirayapti?
Muammoni hal qilish kerak deymiz-u, lekin muammoni muhokama qilishda yangi muammoni yaratamiz. Ko'rsatuv mualliflari ko'rsatuvni yana bir tomosha qilishlarini hamda xatolarini to'g'ri anglab olishlarini juda ham xohlardim.
Muammoni hal qilish kerak deymiz-u, lekin muammoni muhokama qilishda yangi muammoni yaratamiz. Ko'rsatuv mualliflari ko'rsatuvni yana bir tomosha qilishlarini hamda xatolarini to'g'ri anglab olishlarini juda ham xohlardim.

Комментариев нет:
Отправить комментарий