четверг, 16 октября 2014 г.

Til virtuallikmi? Ilmiy ish Til falsafasi



         Falsafada til muammosi juda ko’p o’rganilgan,o’rganilayapdi. Ko’p yillardan beri insonni til qachon paydo bo’lgan uning, insoniyat uchun nima keragi bor, yoki til rivoji uchun inson harakat qilayapdimi degan savollar qiynab kelayapdi.
         “Til belgilar tizimidir. Fan yuksak taraqqiy qilgan hayvonlarda axborot uzatishga xizmat qiladigan murakkab belgilar tizimi mavjud ekanligi va u hayvonot olami evolyutsiyasi bilan bir paytda takomillashib borganligini isbotlamoqda. Demak, til yo'q joydan, birdaniga paydo bo'lib qolmagan. Ong in'ikos shakllarning uzoq davom etgan evalyutsiyasining tabiiy hosilasi bo'lganidek, u bilan uzviy bog’liq bo'lgan inson nutqi ham axborot uzatishga xizmat qiladigan belgilarning murakkablashib borishi jarayonining zaruriy natijasidir.
Demak, til belgilar tizimi sifatida kelib chiqishidan qat'iy nazar faqat insongagina xos va u ong bilan uzviy bog’liqdir. Negaki, tilda ong gavdalanadi. Til yordamidagina ong kishining o'zi va boshqalar uchun voqelikka aylanadi. Tilda ifodalanayotgan ma'no — mazmunning anglanishi insonning umumiy bilim darajasi, qiziqishi, qobiliyati, konkret sharoitdagi kayfiyati kabi omillarga ham bobliq bo'ladi. Til fikrlash quroli, muloqot vositasi sifatida doimiy takomillashuv jarayonini boshidan kechirmoqda [1]
         Til odamlar orasida aloqa vositasi sifatida ehtiyoj tufayli tabbiiy suratda vujudga kelgan.(Platon), o’zaro aloqa qilish uchun tilni odamlarning o’zlari yaratganlar (Demokrit) til ilohiyot tortig’i (Quron, Injil) kabi qarashlar ham bo’lgan.[2] Endi bir o’ylab ko’raylik, til ehtiyoj bo’lganligi tufayli kelib chiqgan ekan. Bu ehtiyoj nima bo’lishi mumkin?
         Ko’p vaqt davomida tilga ehtiyoj bo’lmagan. Ya’ni inson o’zi yolg’iz yashashga o’rganib asta sekin birlasha boshlaganida unga boshqalar bilan muloqotda bo’lishi uchun til kerak bo’lib qoldi. Chunki u bir o’zi yashash uchun kurasha olmadi. Asrlar davomida til paydo bo’ldi va insoniyatga yordam qo’lini cho’zdi.  
“Hamma dunyoni nima qiynayotgani, qanday tush ko’rayotgani, qanday kasallik uni qiynayotgani haqida gapiradimi? Hamma narsani ifodalash mumkinmi? Borliq va til o’rtasida munosabat bormi…” (Fuko). Bu savollarning barchasiga o’rinli yo’q deb javob berish mukin.
Ba’zida insoniyat o’zi gapirgan gapiga shodlanib yuradiChunki Inson faqatgina til va nutqning “foydalanuvchi”sidir egasi emas. Ya’ni til bu olam tushunchasi emas. U virtual olamda vujudga keladi.
         Mana shuncha paytdan beri insoniyat judayam ko’p kashfiyotlar qildi. Ularga nom berishda esa eski so’zlardan foydalanayapdi. Masalan komputerning ihcham ko’rinish yaratildi. Unga inglizcha daftar ma’nosini beruvchi notbuk atamasini berishdi. (bu so’z ham aslida note eslatma book kitob so’zidan kelib chiqqan. Book so’zining etimologiyasi esa kiritmoq, qayd qilib qo’ymoq degan ma’noga taqaladi) Yoki samalyot so’zini olsak. U ham “sama” –o’zi “lyot”-uchadi degan soz’larni qo’shish yordamida yangi ihtiroga “yangi” nom berishdi.Demak til rivojlanishdan to’xtadi. Til boyuvchi ikki manba bor ichki va tashqi manba. Ikkala holatda ham til boshqa til zamirida yoki o’zida bo’lgan tushunchani yangidan qabul qilsih zamirida “boyiyapdi”. Boshqacha qilib aytganda yangi voqelikni eski so’zga almashayapdi.   
         Butun dunyo qabul qilgan internatsional so’zlar ko’payib borayapdi. Bora bora tillar kamayib bitta bo’lib qolishi hech gap emas. Til insoniyatga ko’pdan beri hizmat qilayapdi, bundan keyin ham shunday bo’ladi. Lekin u o’z ko’rinishi o’zgartirayapdi.
Tilda bunday hususiyatlar paydo bo’lganligiga sabab insoniyat yaratgan murakkab katta bir virtual olam-tilda hamma narsa mujassamlashgan. “Men uchayapman!” deysizu o’zingizni osmonu falakda his etasiz. Uchish tuy’gusini inson ilk virtual olamida so’z bilan berib bo’ldi. Uning vositasi unga qiziq emas.  
         Virtuallik tushunchasi lotinchadan olingan bo’lib, “virtus”-faraziy, hayoliy degan ma’noni anglatadi. G’arbiy Rim madaniyatida “virtus” so’zini 4 hil ma’noda tushunishgan:birinchidan, bu ahloqiy qadriyat, yaxshilik, (masalan ingliz tilida “virtus” yaxshi fazilat degani); ikkinchidan, bu qandaydir aktual, mavjud, hamda ta’sir etuvchi voqelik; uchinchidan qandaydir artefakt; to’rtinchidan virtuallik ko’proq hayoliy, faraziy, potensiallik, noreallik kabilarga sinonim. [3]
         Tilda ham aynan shunday hususiyatlar bor. Inson hayol surish bir vaqtning o’zida ko’p olamlarda bo’lish uchun birinchi virtual olam-tilni yaratdi.
Til virtual olam. U bizning ichki-birinchi olamimizdan farq qiladi. Shuning uchun insoniyat tilning haqiqiy egasi bo’lolmaydi. U hamma dardlarini doston qilmaydi. O’zining ikkinchi olamiga tortiq qilmaydi. “Tili boshqa-dili boshqa” degan gaplarning borligi bejizga emas. Inson ba’zida yolg’on gapirishi, o’zi xohlamagan so’zlarni ishlatishi, bazida jahl qilmaganda ga’zablanishi yoki kulgisi kelmaganda kulishi ham aynan shundan.
Insoniyat taraqqiyot asrida Komputer va internetni yaratdi. Buning oqibatida turli virtual olamlar paydo bo’ldi. Lekin ularning hech qaysisi til kabi katta virtual olam emas. Virtual olam deb etirof etiladigan chatlarni (chat inglizcha suhbat, gaplashish) misol qilsak. Bu misol ham tilning yaqqol virtualligini isbotlab beradi. Ahir u yerda faqat yozib, gaplashibgina hayoliy olamga sayohat qilishadiku?
 Virtuallikda narsalar hodisalar bizning borliqda sodir bo’lmaydi, u g’oyalar mahsulidir.
Buni tilda ham ko’rishimiz mumkin. Chunki “Xolva degan bilan og’iz tatimaydida.” Demak til barcha mavjudotlarning oynadagi aksi kabi. Biz so’zni eshitamiz uni hayolda jonlantiramiz.
Yozuv ham tilning ovozsiz ko’rinishi. Agar u xat bo’lsa, kim yozgan bo’lsa uning ovozini, intonatsiyasini o’qish davomida hayol qilib miyangizda gavdalantirishga intilasiz. Qo’lingizga badiiy asar tushsa o’sha voqealarni aks ettiruvchi videofilmni oz’ingiz uchun o’zingiz yaratasiz. Bu virtuallikning atamasi bilan butunlay mos keladigan holat.
“Virtual voqelik o’zining qonun-qoidalariga ega”[4] Til qonuniyatlari ham. Unda ma’no birlamchi. Tilimizda bog’lovchi ko’makchi kabi borliqda mavjud bo’lmagan narsalarni anglatuvchi tushunchalar bor. Bunga sabab tilning virtuallikdagi interaktivlik hususiyatga ega ekanligi. “Virtual voqelik boshqa voqeliklar bilan birgalikda harakat qiladi. [5] Agar bog’lovchi va ko’makchilar bo’lmaganda borliqdagi voqeliklar bir biri bilan qo’shilib ketardi. Baholangki,ular borliqda mustaqil mavjud. Tilimizdagi “qizil olma” so’z birikmasini misol qilib olaylik. Borliqda olma va qizil tushunchalari ham mavjud, lekin ular mustaqil. Shuning uchun virtual olam-tilimizda ularni bitishuv yo’li bilan bog’laymiz. 
Virtual olam aktuallik hususiyatiga ega. Yani virtual olam aktual mavjud, u o’z vazo va vaqtiga ega[6]. Albatta bu borliqdan boshqa yerda voqelik sodir bo’lgandan keyin uning fazo va vaqti ham turlicha bo’lishi aniq. Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” asarini o’qisak, o’tgan zamonga, Antuan de sent Ekzyuperining “Kichkina shahzodasi”ni olsak kelasi zamonda sayohat qilamiz. Tanamiz birinchi borliqda qoladi, ongimiz esa virtual olamda bo’ladi. Buni amalga oshirishga ko’maklashuvchi tildir.
Shuning uchun inson ruhiyatiga she’r yaxshi ta’sir qiladi. U tildan o’zligini anglashga harakat qiladi. Virtuallikning yana bir hususiyati Oqibatlilik (virtual voqelik qanday bo’lsa ham boshqa faol voqelikka aylanishi). Virtuallikning ilk ko’rinishi tilda ham mana shu hususiyat bor.
Husayn Boyqaro buyuk Alisher Navoiydan “Boshga muammolar qayerdan keladi?”-deb so’raganida Alsher Navoiy “Tilingdan”-deb javob beradi. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, falsafada muammo bo’lib turgan til-mo’jizaviydir. Uni inson o’zining faqat ezgu niyatlari uchun qurol qilishi kerakligini anglab yetishi uchun falsafa fani til muammosi bilan ko’proq va chuqurroq shug’ullanishi kerak.

P.S Sahifadagi ma'lumotdan foydalanish ta'qiqlanadi. Mavzu Tarjimaning dolzarb muammolari konferensiyasida e'lon qilingan
Erkinjon Gaybullaev
















[1] Vip.uz “ong va til
[2] Tilshunoslikka kirish amangan 2000.20-22-betlar
[3] www.email.ru, virtualistika.ru
[4] www.email.ru, virtualistika.ru
[5] www.email.ru, virtualistika.ru
[6] www.email.ru, virtualistika.ru

Комментариев нет: