понедельник, 20 октября 2014 г.

Parlor: Arsenal 3-4-o'rinlar uchun kurashadi.


Arsenalning sobiq yarim himoyachisi Rey Parlor Arsen Venger jamoasi hozirgi holatida faqat uchinchi to'rtinchi o'rinlar uchun kurasha olishi mumkinligini ta'kidladi. 
Shanba kungi "Hall city" bilan durrangdan so'ng Arsenal jamoasi Chelsi jamoasidan naqd 11 ochkoga qolib ketdi. Parlorning fikricha endi jamoa sovrinli o'rinlar haqida o'ylashni unutib Chempionlar ligasi yo'llannmasini qo'lga kiritishga harakat qilsa ham bo'ladi. 
"O'ylashimcha Arsenal uchinchi to'rtinchi o'rinlar uchun kurashadi. Manchester siti hamda Chelsi jamolariga qarang. Bu jamolar Manchester Yunayted, Liverpul, Arsenal hamda Totenhemga qaraganda yorqinroq o'yin namoyish qilishmoqda". 

"Chelsi shunchaki uch ochkoni qo'lga kiritmoqda. Agar Aguero shunday o'ynashda davom etsa Manchester sitida ham titulni qo'lga kiritishga imkoniyati oshadi. Bu komandalar Arsenaldan g'oliblikka ancha yaqin. Shuning uchun Arsenalning raqiblari Manchester Yunayted hamda Totenhem,"-deb talkSPORT fikrlarini tugatdi. 

Комментариев нет: