Falsafada til muammosi juda
ko’p o’rganilgan,o’rganilayapdi. Ko’p yillardan beri insonni til qachon paydo
bo’lgan uning, insoniyat uchun nima keragi bor, yoki til rivoji uchun inson
harakat qilayapdimi degan savollar qiynab kelayapdi.
“Til
belgilar tizimidir. Fan yuksak taraqqiy qilgan hayvonlarda axborot uzatishga
xizmat qiladigan murakkab belgilar tizimi mavjud ekanligi va u hayvonot olami
evolyutsiyasi bilan bir paytda takomillashib borganligini isbotlamoqda. Demak,
til yo'q joydan, birdaniga paydo bo'lib qolmagan. Ong in'ikos shakllarning uzoq
davom etgan evalyutsiyasining tabiiy hosilasi bo'lganidek, u bilan uzviy bog’liq
bo'lgan inson nutqi ham axborot uzatishga xizmat qiladigan belgilarning
murakkablashib borishi jarayonining zaruriy natijasidir.
Demak, til
belgilar tizimi sifatida kelib chiqishidan qat'iy nazar faqat insongagina xos
va u ong bilan uzviy bog’liqdir. Negaki, tilda ong gavdalanadi. Til
yordamidagina ong kishining o'zi va boshqalar uchun voqelikka aylanadi. Tilda
ifodalanayotgan ma'no — mazmunning anglanishi insonning umumiy bilim darajasi,
qiziqishi, qobiliyati, konkret sharoitdagi kayfiyati kabi omillarga ham bobliq
bo'ladi. Til fikrlash quroli, muloqot vositasi sifatida doimiy takomillashuv
jarayonini boshidan kechirmoqda
Til
odamlar orasida aloqa vositasi sifatida ehtiyoj tufayli tabbiiy suratda vujudga
kelgan.(Platon), o’zaro aloqa qilish uchun tilni odamlarning o’zlari
yaratganlar (Demokrit) til ilohiyot tortig’i (Quron, Injil) kabi qarashlar ham
bo’lgan.
Endi bir o’ylab ko’raylik, til ehtiyoj bo’lganligi tufayli kelib chiqgan ekan.
Bu ehtiyoj nima bo’lishi mumkin?
Ko’p
vaqt davomida tilga ehtiyoj bo’lmagan. Ya’ni inson o’zi yolg’iz yashashga
o’rganib asta sekin birlasha boshlaganida unga boshqalar bilan muloqotda
bo’lishi uchun til kerak bo’lib qoldi. Chunki u bir o’zi yashash uchun kurasha
olmadi. Asrlar davomida til paydo bo’ldi va insoniyatga yordam qo’lini cho’zdi.
“Hamma dunyoni nima qiynayotgani, qanday tush ko’rayotgani, qanday
kasallik uni qiynayotgani haqida gapiradimi? Hamma narsani ifodalash mumkinmi?
Borliq va til o’rtasida munosabat bormi…” (Fuko). Bu savollarning barchasiga
o’rinli yo’q deb javob berish mukin.
Ba’zida insoniyat o’zi gapirgan gapiga shodlanib yuradi. Chunki
Inson faqatgina til va nutqning “foydalanuvchi”sidir egasi emas. Ya’ni til bu
olam tushunchasi emas. U virtual olamda vujudga keladi.
Mana shuncha paytdan beri
insoniyat judayam ko’p kashfiyotlar qildi. Ularga nom berishda esa eski
so’zlardan foydalanayapdi. Masalan komputerning ihcham ko’rinish yaratildi.
Unga inglizcha daftar ma’nosini beruvchi notbuk atamasini berishdi. (bu so’z
ham aslida note eslatma book kitob so’zidan kelib chiqqan. Book so’zining
etimologiyasi esa kiritmoq, qayd qilib qo’ymoq degan ma’noga taqaladi) Yoki
samalyot so’zini olsak. U ham “sama” –o’zi “lyot”-uchadi degan soz’larni
qo’shish yordamida yangi ihtiroga “yangi” nom berishdi.Demak til rivojlanishdan
to’xtadi. Til boyuvchi ikki manba bor ichki va tashqi manba. Ikkala holatda ham
til boshqa til zamirida yoki o’zida bo’lgan tushunchani yangidan qabul qilsih
zamirida “boyiyapdi”. Boshqacha qilib aytganda yangi voqelikni eski so’zga
almashayapdi.
Butun dunyo qabul qilgan
internatsional so’zlar ko’payib borayapdi. Bora bora
tillar kamayib bitta bo’lib qolishi hech gap emas. Til insoniyatga ko’pdan beri
hizmat qilayapdi, bundan keyin ham shunday bo’ladi. Lekin u o’z ko’rinishi
o’zgartirayapdi.
Tilda bunday hususiyatlar
paydo bo’lganligiga sabab insoniyat yaratgan murakkab katta bir virtual
olam-tilda hamma narsa mujassamlashgan. “Men uchayapman!” deysizu o’zingizni
osmonu falakda his etasiz. Uchish tuy’gusini inson ilk virtual olamida so’z
bilan berib bo’ldi. Uning vositasi unga qiziq emas.
Virtuallik tushunchasi lotinchadan
olingan bo’lib, “virtus”-faraziy, hayoliy degan ma’noni anglatadi. G’arbiy Rim
madaniyatida “virtus” so’zini 4 hil ma’noda tushunishgan:birinchidan, bu
ahloqiy qadriyat, yaxshilik, (masalan ingliz tilida “virtus” yaxshi fazilat
degani); ikkinchidan, bu qandaydir aktual, mavjud, hamda ta’sir etuvchi
voqelik; uchinchidan qandaydir artefakt; to’rtinchidan virtuallik ko’proq
hayoliy, faraziy, potensiallik, noreallik kabilarga sinonim.
Tilda ham aynan shunday
hususiyatlar bor. Inson hayol surish bir vaqtning o’zida ko’p olamlarda bo’lish
uchun birinchi virtual olam-tilni yaratdi.
Til virtual olam. U bizning
ichki-birinchi olamimizdan farq qiladi. Shuning uchun insoniyat tilning haqiqiy
egasi bo’lolmaydi. U hamma dardlarini doston qilmaydi. O’zining ikkinchi
olamiga tortiq qilmaydi. “Tili boshqa-dili boshqa” degan gaplarning borligi
bejizga emas. Inson ba’zida yolg’on gapirishi, o’zi xohlamagan so’zlarni
ishlatishi, bazida jahl qilmaganda ga’zablanishi yoki kulgisi kelmaganda
kulishi ham aynan shundan.
Insoniyat taraqqiyot asrida Komputer
va internetni yaratdi. Buning oqibatida turli virtual olamlar paydo bo’ldi.
Lekin ularning hech qaysisi til kabi katta virtual olam emas. Virtual olam deb
etirof etiladigan chatlarni (chat inglizcha suhbat, gaplashish) misol qilsak.
Bu misol ham tilning yaqqol virtualligini isbotlab beradi. Ahir u yerda faqat
yozib, gaplashibgina hayoliy olamga sayohat qilishadiku?
Virtuallikda narsalar hodisalar
bizning borliqda sodir bo’lmaydi, u g’oyalar mahsulidir.
Buni tilda ham ko’rishimiz mumkin. Chunki “Xolva degan bilan og’iz
tatimaydida.” Demak til barcha mavjudotlarning oynadagi aksi kabi. Biz so’zni
eshitamiz uni hayolda jonlantiramiz.
Yozuv ham tilning ovozsiz
ko’rinishi. Agar u xat bo’lsa, kim yozgan bo’lsa uning ovozini, intonatsiyasini
o’qish davomida hayol qilib miyangizda gavdalantirishga intilasiz. Qo’lingizga
badiiy asar tushsa o’sha voqealarni aks ettiruvchi videofilmni oz’ingiz uchun
o’zingiz yaratasiz. Bu virtuallikning atamasi bilan butunlay mos keladigan
holat.
“Virtual voqelik o’zining qonun-qoidalariga
ega”
Til qonuniyatlari ham. Unda ma’no birlamchi. Tilimizda bog’lovchi ko’makchi
kabi borliqda mavjud bo’lmagan narsalarni anglatuvchi tushunchalar bor. Bunga
sabab tilning virtuallikdagi interaktivlik hususiyatga ega ekanligi. “Virtual voqelik
boshqa voqeliklar bilan birgalikda harakat qiladi.
Agar bog’lovchi va ko’makchilar bo’lmaganda borliqdagi voqeliklar bir biri
bilan qo’shilib ketardi. Baholangki,ular borliqda mustaqil mavjud. Tilimizdagi
“qizil olma” so’z birikmasini misol qilib olaylik. Borliqda olma va qizil
tushunchalari ham mavjud, lekin ular mustaqil. Shuning uchun virtual
olam-tilimizda ularni bitishuv yo’li bilan bog’laymiz.
Virtual olam aktuallik hususiyatiga ega. Yani virtual olam aktual
mavjud, u o’z vazo va vaqtiga ega.
Albatta bu borliqdan boshqa yerda voqelik sodir bo’lgandan keyin uning fazo va
vaqti ham turlicha bo’lishi aniq. Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” asarini o’qisak,
o’tgan zamonga, Antuan de sent Ekzyuperining “Kichkina shahzodasi”ni olsak
kelasi zamonda sayohat qilamiz. Tanamiz birinchi borliqda qoladi, ongimiz esa
virtual olamda bo’ladi. Buni amalga oshirishga ko’maklashuvchi tildir.
Shuning uchun inson ruhiyatiga
she’r yaxshi ta’sir qiladi. U tildan o’zligini anglashga harakat qiladi.
Virtuallikning yana bir hususiyati Oqibatlilik (virtual voqelik qanday bo’lsa
ham boshqa faol voqelikka aylanishi). Virtuallikning ilk ko’rinishi tilda ham
mana shu hususiyat bor.
Husayn Boyqaro buyuk Alisher
Navoiydan “Boshga muammolar qayerdan keladi?”-deb so’raganida Alsher Navoiy
“Tilingdan”-deb javob beradi. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, falsafada
muammo bo’lib turgan til-mo’jizaviydir. Uni inson o’zining faqat ezgu niyatlari
uchun qurol qilishi kerakligini anglab yetishi uchun falsafa fani til muammosi
bilan ko’proq va chuqurroq shug’ullanishi kerak.
P.S Sahifadagi ma'lumotdan foydalanish ta'qiqlanadi. Mavzu Tarjimaning dolzarb muammolari konferensiyasida e'lon qilingan
Erkinjon Gaybullaev